Hojiboy Tojiboyev â O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli o`zbek kino va teatr aktyori, so`z ustasi, qiziqchi, samimiy va begâaraz kulgi ustasi edi.
Ushbu ilovada:
Mahmud Namozov ish joyi
Bizning qo`shiqchilar
Balkon haqida
Tarixda qolish
Kino san`ati
Tiko hangomasi
O`zimni o`zim tabriklayman
Milliarder it va bizning itlar
Ustalar haqida
Rossiyada armiya xizmati
Armiyadagi ashulalar
Avvalgi va hozirgi armiya
Aytilishi ruscha, eshtilishi o`zbekcha qo`shiq
Er-xotin hazillari Chagayev va Voluyev jangi
Bugun ko`cha ko`yda Hojiboy Tojiboyev hazillaridan misollar keltiriladi, insonlar muloqotida uning go`zal iqtiboslari albatta ishlatiladi. Hojiboy Tojiboyevning dehqonlar va fermerlar haqidagi hangomalari har bir o`zbekning xotirasiga muhrlanishga ulgurdi va bu hazillarni har eshitganida qayta va yana qayta kulmasdan iloj yo`q.
Sport sohasidagi "Chunki u Zayniddinda, ota bobosi O`zbekistonlik uni", "O`ynamasayam mayli edi", "Bitta bitta marojni yeb qaytib kesayam mayli edi" degan gaplari hali hanuz insonlarning tilidan tushmay ishlatilinib kelinmoqda va shu so`zlar zamirida yangidan yangi hajviyalarni tug`ilishiga asos bo`lmoqda.
Uning hazil tariqasida aytgan har bir ijtimoiy muammosini bugungi kunda haqiqatligini, shu muammolarni san`at darajasiga olib chiqib odamlarga yetkazib bergan iste`dodga qoyil qolmasdan iloj yo`q.
Muxtasar qilib aytganda Hojiboy Tojiboyev samimiy, xalqchil, insonparvar, bir vaqtning o`zida ham kuldirib ham yig`lata oladigan buyuk shaxs edilar.
Xojiboy Tojiboyev tomonidan ijro etilgan bir biridan qiziqarli hazillarini jamlangan ilovani siz azizlarga taqdim etishni lozim topdik, Zero xotira muqaddas, bu inson aytgan so`zlari insonlar qalbida mangu yashaydi.
Ilova yuzasidan fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.Barchangizga yuqori kayfiyat hamroh bo`lsin.... Read more