Avval tafakkurda tugâilib, keyin qalb qoâriga yoâgârilgan Umar Xayyom ruboiylari, bir soâz bilan aytganda, Olam va Odam haqida. Shoir dunyo evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan qaraydi: dunyoni oâzgartirishki qoâlingdan kelmas ekan, uni deb qaygâurish behuda. Uning uchun tugâilish va oâlim, yaxshilik va yomonlik, halol va harom â bir xil: hammasi oâz tabiiy qonuniyatiga asoslanadi. Dunyoviy falsa fa vakili sifatida Xayyom dunyoni aql elagida elaydi â Olam va Odam muammosini umumfalsafa mezoni bilan oâlchaydi. Shu maânoda, Xayyom ijodida biz odamdan ham, olamdan ham ustun turadigan â dunyoni qamrab oladigan shafqatsiz falsafaga duch kelamiz. Lekin farang faylasufi Laroshfuko: «Falsafa oâtmish va kelajak kulfatlari ustidan tantana qiladi, lekin bugunning qaygâusi falsafa ustidan tantana qiladi», â degani kabi Umar Xayyom ruboiylari ham buyuk mutafakkirning falsafiy mezonlariga boâysunmagan, ularni yorib chiqqan zalvorli fikrlar poârtanasi, beorom qalbiga sigâmagan otashin tuygâular silsilasidir.
Ilova haqidagi fikr va mulohazalaringizni yozib qoldirishni unutmang!... Read more